Live
1
O'zbek

Yaponiya o‘z uyida o‘tkazilgan o‘rtoqlik turnirida g‘olib bo‘ldi

Futbol
5 oktabr, 13:10
    7
4 jamoa ishtirok etgan musobaqada Ekvador so‘nggi o‘rinni egalladi.
Yaponiya o‘z uyida o‘tkazilgan o‘rtoqlik turnirida g‘olib bo‘ldi
Foto: Getty Images

FIFA kunlarida Tokioda mezbonlar va turli qit’alardan kelgan milliy jamoalar ishtirokida o‘rtoqlik turniri o‘tkazildi.

4 jamoa qatnashgan musobaqa finalida Yaponiya Yangi Zelandiya ustidan g‘alaba qozonib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Panama Ekvadorni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

E’tiborlisi, yarimfinallarda ham g‘olib «lotereya»da aniqlangandi. Unda Yaponiya Ekvadorni, Yangi Zelandiya esa Panamani aynan penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.

Kirin kubogi. Tokio
Final. 5-oktabr
Yaponiya — Yangi Zelandiya 2:1

Gollar: Ueda (28), Doan (71) — Old (32).

3-o‘rin uchun o‘yin
Ekvador — Panama 1:1
Penaltilar seriyasi — 6:7.

Gollar: Angulo (58) — Vergara (38).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yaponiya Yaponiya
  • Ekvador Ekvador
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar