«Chelsi» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni transfer qilish uchun kurashda favorit bo‘lib turibdi, deb xabar beradi The Telegraph.
Xabi Alonso jamoasi ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qiladi. 23 yoshli havbekka «Liverpul» va «Arsenal» klublari ham katta qiziqish bildirmoqda.
Yozgi transfer oynasida «Bornmut» «Chelsi»ning Skott bo‘yicha bir nechta taklifini, jumladan, 60 million funtdan ortiq miqdordagi taklifni ham rad etgan. Shunga qaramay, London klubi futbolchiga bo‘lgan qiziqishini hanuz juda yuqori darajada saqlab qolmoqda.
Enso Fernandes «Manchester Siti»ga sotilganidan so‘ng londonliklar yarimhimoya chizig‘ini ham yanvar oyida, ham kelasi yozda kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Bornmut» Skottni yanvar oyida sotmaslik niyatida qat’iy turibdi. Biroq «Chelsi» yozgacha kutishga tayyor.
Aleks bu mavsumda APLda 5 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
«Chelsi» Skott uchun kurashda favorit bo‘lib turibdi
Futbol
4 oktabr, 12:35
«Ko‘klar»ning «Bornmut» yarimhimoyachisiga qiziqishi juda yuqori darajada.
Foto: Getty Images