Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldo bosh murabbiy Jorge Jezus bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab jamoa qarorgohini tark etgandi.
Jurnalist Migel Pereyraning ta’kidlashicha, Ronaldo kelasi yili yana Portugaliya milliy jamoasiga qaytishi mumkin.
«U Portugaliya uchun so‘nggi golini urishni juda xohlamoqda. Menimcha, Krishtianu mavsum oxirida 1000-golini urishga intiladi.
Ronaldu «An Nasr» safida bir mavsumda 15–20 ta gol urishni osonlikcha uddalashiga ishonayapti. Lekin u milliy jamoadagi faoliyati, o‘z tarixi va o‘zi uchun o‘ziga xos bayram uyushtirishni juda xohlaydi. Men hali ham bu voqea sodir bo‘ladi deb o‘ylayman.
Hozir Krishtianu va Jezus o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanayotganini ko‘ryapmiz. Portugaliya futbol federatsiyasi Ronalduning qaytishini istamoqda, chunki bu katta shov-shuv keltirib chiqaradi.
Menimcha, Krishtianu kelasi yil oxirida Portugaliya milliy jamoasi bilan so‘nggi o‘yini uchun qaytib keladi», — dedi Pereyra.
Avvalroq 41 yoshli forvardning Saudiya Arabistoniga qaytib, «An Nasr» safiga qo‘shilishi ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi