Live
3
O'zbek

Portugaliya iqtisodiyot vaziri: «Ko‘pchilik mamlakatni faqat Ronaldu tufayli biladi»

Futbol
4 oktabr, 08:35
Manuel Kastru Almeyda Krishtianuning mamlakat brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishdagi roli haqida gapirdi.
Portugaliya iqtisodiyot vaziri: «Ko‘pchilik mamlakatni faqat Ronaldu tufayli biladi»
Foto: Getty Images

Portugaliya iqtisodiyot vaziri Manuel Kastru Almeyda futbolchi Krishtianu Ronalduning mamlakat brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishdagi roli haqida fikr bildirdi. Davlat amaldorining ta’kidlashicha, hujumchi Portugaliyaning jahon miqyosida tanilishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

«Krishtianu Ronaldu «Portugaliya» brendining tanilishi va keng tarqalishiga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.

U — eng mashhur portugaliyalik inson. Ko‘pchilik Portugaliya haqida faqat Krishtianu Ronaldu tufayli biladi», — dedi vazir.

Avvalroq Ronaldu Daniyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi uchrashuv (4:2) oldidan Kopengagenda Jorge Jezus bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, portugaliyaliklar bugun, 4-oktabr kuni Norvegiya bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar