«Real» kelgusi yozda tarkibini kuchaytirish rejalarini tuzmoqda. Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, madridliklar «Yuventus» futbolchisi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
«Zebralar» 21 yoshli Yildizni 100 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, turkiyalik futbolchiga «Arsenal» va «Bavariya» kabi Yevropaning top-klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish lozim, jarohati sabab Kenan ushbu mavsumda faqat bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchi yoz oxirida suyak sinishi sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Yildiz «Yuventus» safida 132 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urgan va 21 ta assist amalga oshirgan. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq Kenanning kutilganidan ko‘proq muddatga safdan chiqqani ma’lum qilingan edi.