Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «uch ranglilar» va 2016–2018 hamda 2019–2021 yillarda o‘zi boshqargan Madridning «Real» klubi o‘rtasidagi o‘xshashlik haqida fikr bildirdi.
«Fransiya milliy jamoasi «Real» kabi aqlbovar qilmas ishtiyoq va yuksak maqsadlarga ega. Bu eng yuqori daraja.
«Real»da ishlagan paytimda ham bu hech qachon to‘xtamasdi, ammo shu narsa menga ko‘proq yoqardi», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli mutaxassis o‘tgan yozda Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Uning mehnat shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, Zidan «qirollik klubi» bilan uch marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan va ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan.
Avvalroq Zinedin «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirgani ma’lum qilingandi.