Yevropada Millatlar ligasi 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Angliya milliy jamoasi mehmonda Xorvatiyaga qarshi bellashdi. Unda inglizlar raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi. Keyn va Saka dublni rasmiylashtirdi. Bellinghem, Gordon va Rojers ham bittadan golga mualliflik qilishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng Angliya 6 ochko bilan o'z guruhida 2-o'rinda bormoqda. Xorvatlar esa 3 ochko to'plab, 3-pog'onani egallagan. Ushbu guruhda Ispaniya 6 ochko bilan peshqadamlik qiladi. Chexiya hisobida birorta ham ochko yo'q.
Millatlar ligasi. 3-tur
Xorvatiya – Angliya 0:7
Gollar: Keyn 8, 53, Bellinghem 21, Gordon 39, Saka 45, 68, Rojers 87.
Xorvatiya – Livakovich, Stanisich (Sutalo, 76), Vushkovich, Gvardiol, Perishich, P.Suchich (Pashalich, 46), Kovachich, Modrich (Yakich, 57), Ivanovich, Baturina (Vlasiсh, 46), Musa (Matanovich, 46).
Angliya – Pikford, Holl (Lyuis-Ckelli, 79), Skott (Garner, 70), Konса, Kuansa, Gehi, Saka, Anderson (Gibbs-Uayt, 79), Bellinghem, Gordon (Eze, 70), Keyn (Rojers, 70).
Ogohlantirish: Kovachich 68.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi