Live
1
O'zbek

Tuhel: «Asosiy va zaxiradan maydonga tushganlar eng yuqori darajada harakat qildi»

Futbol
3 oktabr, 15:51
Angliya mehmonda Xorvatiya darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi.
Tuhel: «Asosiy va zaxiradan maydonga tushganlar eng yuqori darajada harakat qildi»
Фото: Getty Images
03.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Xorvatiya Xorvatiya 0 : 7 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel Xorvatiya (7:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha — asosiy tarkibda maydonga tushganlar ham, zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar ham eng yuqori darajada harakat qildi. Jamoani tabriklayman. Safardagi o‘yin uchun bu juda va juda ta’sirli natija bo‘ldi. O‘yin davomida juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik.

Bu jarayon to‘xtamadi. Yuqori sur’atni saqlab qoldik va bo‘sh hududlardan samarali foydalandik. Juda samarali harakat qildik. To‘pni yo‘qotganimizdan so‘ng darhol pressing qilish istagini yo‘qotmadik va himoyada ham yaxshi harakat qildik. Asosiy vazifalarni to‘g‘ri bajardik. Menga aynan shunday kayfiyat yoqadi», - deya Tuhelning so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.

Ma’lumot uchun, 6 oktabr kuni Angliya o‘z maydonida Chexiyani qabul qiladi. Hozirda ingliz 6 ochko bilan o‘z guruhlarida 2-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar