Live
1
O'zbek

Xorvatiya tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qildi

Futbol
3 oktabr, 15:25
Avvalgi antirekord 2018 yilda Ispaniyaga qarshi bahsda qayd etilgandi.
Xorvatiya tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qildi
Фото: Getty Images
03.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Xorvatiya Xorvatiya 0 : 7 Angliya Angliya

Xorvatiya milliy jamoasi Yevropa Millatlar ligasi 3-turida o‘z maydonida Angliyaga qarshi bellashdi. Ushbu bahsda inglizlar 7:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Slaven Bilić jamoasi o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Avval Xorvatiya milliy jamoasining eng yirik mag‘lubiyati Ispaniyaga qarshi safar o‘yinida qayd etilgan edi. 2018 yil sentyabr oyidagi o‘sha uchrashuvda ispaniyaliklar raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgan edi.

Shaxmatchilarning eng yirik g‘alabasi 2016 yilda qayd etilgan. O‘shanda ular San-Marino darvozasiga javobsiz 10 ta gol urgan edi.

Ma’lumot uchun, xorvatlar navbatdagi uchrashuvni 6 oktyabr kuni o‘z maydonida Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi. Hozirda ular 3 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Angliya Angliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar