«Chelsi» va Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Jon Terri «Arsenal» darvozaboni David Rayyani ayni paytda dunyoning eng yaxshi posboni deb atadi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.
«Rayyaga qarang. «Arsenal» uni jamoaga olib kelganida, bunchalik yaxshi bo‘lishini kim o‘ylabdi? U dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Havodan uzatilgan to‘plarni egallaydi, jarima maydonchasida ustunlik qiladi. Har ikki oyog‘i bilan ham ajoyib o‘ynaydi. Haqiqatan ham hayratlanarli», — deya Terrining so‘zlarini keltiradi nashr.
Rayya ushbu mavsumda «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 15 ta bahsda qatnashib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan. Ispaniyalik darvozabon 2026 yil yozida AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan Jahon chempionatida milliy jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan.