Live
3
O'zbek

Rasman: «Renn» Frank Ezni iste’foga chiqardi

Futbol
27 noyabr, 16:30
Fransiyalik mutaxassis bilan avgust oyida shartnoma 2028 yilgacha uzaytirilgandi.
Rasman: «Renn» Frank Ezni iste’foga chiqardi
Foto: Getty Images

«Renn» bosh murabbiy Frank Ez bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Mutaxassis bilan birga uning yordamchilari Yoann Ramare va Liliyan Nalis ham klubni tark etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

«Renn» Fransiya chempionatida 9-o‘rinda bormoqda. Yevropa ligasida esa besh turdan keyin 6 ochko bilan 20-pog‘onani egallab turibdi.

Ez jamoani 2026 yil fevralidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida «Renn» so‘nggi sakkizta bahsda barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i bir marta g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, klub avgust oyida mutaxassis bilan shartnomani 2028 yil yozigacha uzaytirgandi. Bungacha Ez «Nissa» va «Lans» jamoalarida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rennes Rennes
Bugungi yangiliklar