Live
5
O'zbek

JCH U17. O‘zbekiston 1/16 finalda Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

Futbol
27 noyabr, 13:01
    40
Ruminiya Kamerunni mag‘lub etdi, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra O‘zbekistondan ortda qoldi.
JCH U17. O‘zbekiston 1/16 finalda Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi
Foto: Getty Images
27.11.2026 FT U-17 Jahon chempionati Ruminiya (17 yoshgacha) Ruminiya (17 yoshgacha) 3 : 1 Kamerun U17 Kamerun U17

Qatarda o‘tkazilayotgan U17 Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turida «K» guruhi bahslari yakunlandi.

Ruminiya o‘smirlar jamoasi Kamerun ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim boshida yevropaliklar uchta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. O‘yin yakunida kamerunliklar safida Aviel Xentcho Nseke javob to‘pini kiritdi.

Ushbu natija Ruminiyaga 3 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Biroq ruminiyaliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra O‘zbekistondan ortda qoldi. O‘zbekiston U17 terma jamoasi 3 ochko va +1 to‘plar nisbati bilan eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari reytingida 8-pog‘onani egallab, 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, o‘zbekistonliklar pley-off bosqichida guruh bosqichining eng yaxshi jamoasi — Ispaniya U17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ikkinchi bahsda esa Venesuela va Meksika nursiz durang qayd etdi. Har ikki jamoa 7 ochkodan jamg‘ardi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, Meksika guruhda birinchi, Venesuela esa ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, Meksika va Venesuela 7 ochkodan to‘pladi. Ruminiya 3 ochko bilan uchinchi, Kamerun esa ochkosiz to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

JCH U17. 3-tur
Ruminiya — Kamerun 3:1

Venesuela — Meksika 0:0

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, 12 ta guruhda 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa:

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ruminiya (17 yoshgacha) Ruminiya (17 yoshgacha)
  • Kamerun U17 Kamerun U17
  • U-17 Jahon chempionati U-17 Jahon chempionati
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar