«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Omoniya» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Bahs boshida biroz ishonchsiz o‘ynadik va raqib bundan foydalandi. Andrea Kambyazoning ajoyib goli vaziyatni o‘zgartirdi, shundan keyin jamoa o‘ziga ishonch hosil qildi. Darhol eng yaxshi sport formasiga kirish oson emas, ayrim futbolchilar uzoq vaqt maydonga tushmadi. Barqarorlik bo‘lmasa, bu yanada qiyinlashadi. Shunga qaramay, bir nechta chiroyli gol urdik va maydonda yaxshi harakat qildik.
Bugun yigitlarning fidoyiligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Jeff Ekhator yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, garchi birinchi bo‘limda unga to‘p ko‘p berilmagan bo‘lsa-da. Ba’zida to‘pni ortiqcha ushlab turamiz va bu hujumchimizga muammo tug‘diradi. Natijada unga bo‘sh hudud topish qiyinlashadi», — deya Spallettining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» «Omoniya»ga qarshi bahsda 0:1 hisobida ortda borayotganiga qaramay, kambek qayd etdi. Andrea Kambyazo, Jeff Ekhator, Fransishku Konseysau va Jeremi Boga turinliklarga g‘alaba keltirdi.