Live
5
O'zbek

«Biz jim turmaymiz!» — Turkiya FF «Beshiktosh» muxlislarining kaltaklanishiga munosabat bildirdi

Futbol
27 noyabr, 00:45
    15
Gruziyada o‘tgan Yevropa ligasi o‘yinida turkiyalik muxlislar va mahalliy politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatildi.
«Biz jim turmaymiz!» — Turkiya FF «Beshiktosh» muxlislarining kaltaklanishiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
26.11.2026 FT Yevropa ligasi Besiktas Besiktas 2 : 1 Hapoel Beer Sheva Hapoel Beer Sheva

Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) Yevropa ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Beshiktosh» va «Hapoel» (Beer-Sheva) o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida gruzin politsiyasining turkiyalik muxlislarga nisbatan xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 35 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi. Stadion xavfsizlik xizmati turkiyalik muxlis yoygan Falastin bayrog‘ini olib qo‘yishga uringan. Shundan so‘ng «Beshiktosh» muxlislari uni himoya qilish uchun aralashgan. Natijada politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

Turkiya futbol federatsiyasining rasmiy bayonotida quyidagicha deyildi:

«Biz jim turmaymiz!

Gruziyada UEFA Yevropa ligasi doirasidagi «Beshiktosh» va «Hapoel» (Be’er-Sheva) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan va o‘yin davomida stadion ichida hamda uning tashqarisida muxlislarimizga nisbatan ko‘rsatilgan nomaqbul munosabat, xatti-harakatlar va kuch ishlatish holatlarini qat’iy qoralaymiz.

Sportning umuminsoniy qadriyatlari, inson qadr-qimmati, o‘zaro hurmat va halol o‘yin tamoyillarini inkor etadigan, kamsitish hamda xavfsizlik choralaridagi kamchiliklar bilan bog‘liq har qanday amaliyotni qabul qilib bo‘lmaydi.

Muxlislarimiz xavfsizligiga tahdid soladigan, ularning asosiy huquq va erkinliklariga daxl qiladigan bunday xatti-harakatlar oldida sukut saqlashimiz mumkin emas.

Turkiya futbol federatsiyasi ushbu voqealarni to‘liq tekshirish, mas’ul shaxslarni aniqlash va zarur choralarni zudlik bilan ko‘rish maqsadida jarayonni oxirigacha kuzatib boradi. Voqealarni yashirish, aybdorlarning javobgarlikdan qochishi yoki bunday qoidabuzarliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

Jiddiy xavfsizlik kamchiliklari bilan bog‘liq bir qator muammolarga duch kelgan «Beshiktosh» klubi va muxlislarimiz bilan birdam ekanimizni ta’kidlaymiz. Kuch ishlatilishi va qo‘pol muomalaga duch kelgan barcha muxlislarimizga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz.

Hech kim unutmasinki, Turkiya futboli vakillari hamda muxlislariga nisbatan hurmatsizlik, kamsitish va xavfsizlik qoidalarining buzilishi holatlari oldida sukut saqlamaymiz.

Barcha zarur choralar ko‘rilishi, xususan, UEFA bilan hamkorlikda voqeaga aloqador shaxslarning javobgarlikka tortilishi uchun milliy va xalqaro maydonlarda qat’iy harakat qilamiz»,
— deyiladi federatsiya bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
  • Hapoel Beer Sheva Hapoel Beer Sheva
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar