Live
4
O'zbek

«Bavariya»da jarohatlar bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga keldi

Futbol
27 noyabr, 13:20
Myunxen klubining yetti nafar futbolchisi ayni paytda jarohati sabab safdan chiqqan.
«Bavariya»da jarohatlar bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga keldi
Foto: Getty Images
28.11.2026, 09:30 Bundesliga Germaniya Hamburg Hamburg - : - Bavariya Bavariya

«Bavariya» so‘nggi ikki bahsda g‘alaba qozona olmadi. Myunxenliklar Bundesligada «Kyoln» bilan durang o‘ynadi (1:1), Chempionlar ligasida esa «Lill»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Jamoa qator yetakchi futbolchilarining jarohati sabab jiddiy yo‘qotishlarga duch kelgan.

Ayni paytda «Bavariya»ning jarohatlangan futbolchilari safida Harri Keyn, Maykl Olise, Jamal Musiala, Ismael Saybari, Serj Gnabri, Alfons Devis va Manuel Noyer bor.

Avvalroq Jamal Musiala yana jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Shu sababli yarimhimoyachi 2026 yil oxirigacha maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Myunxenliklar Dortmundning «Borussiya» klubidan ikki ochko ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hamburg Hamburg
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar