Live
4
O'zbek

Iraola «Liverpul»ning ikki futbolchisi jarohati haqida ma’lumot berdi

Futbol
27 noyabr, 13:30
Viktor Munyos mashg‘ulotlarga qaytishga umid qilmoqda, Kodi Gakpo esa tiklanishi uchun vaqt kerak.
Iraola «Liverpul»ning ikki futbolchisi jarohati haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images
29.11.2026, 07:00 Angliya Premer-ligasi Everton Everton - : - Liverpul Liverpul

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola vinger Viktor Munyos va hujumchi Kodi Gakponing holati haqida gapirdi.

«Viktor borasida yaxshi xabar shuki, tekshiruvlar jiddiy muammoni aniqlamadi. Biroq unda kuchli lat yeyish bor. U juma kuni mashg‘ulotlarda qatnashmadi, ammo shanba kuni safga qaytishga urinib ko‘rmoqchi. Gakpoga kelsak, odatda bunday jarohatdan tiklanish ikki-uch hafta davom etadi. U Germaniyaga qarshi bahsda jarohat oldi. Tiklanish muddatini aytishni yoqtirmayman. Jarohat jiddiy emas, ammo unga tiklanish uchun vaqt berishimiz kerak», — deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi BBC.

Munyos Chempionlar ligasi doirasida «Bryugge»ga qarshi kechgan (3:0) bahsda jarohat olgan. «Liverpul» navbatdagi o‘yinini 29 noyabr kuni APL doirasida safarda «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Liverpul Liverpul
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar