Live
5
O'zbek

«Liverpul» «Bryugge»ning 37 o‘yinlik seriyasiga chek qo‘ydi

Futbol
27 noyabr, 01:35
Belgiya klubi fevral oyidan beri maydonni golsiz tark etmayotgandi.
«Liverpul» «Bryugge»ning 37 o‘yinlik seriyasiga chek qo‘ydi
Foto: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Club Brugge Club Brugge 0 : 3 Liverpul Liverpul

«Liverpul» Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi bahsda «Bryugge» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa mersisaydliklar Belgiya klubining barcha musobaqalardagi 37 ta o‘yinlik golli seriyasiga chek qo‘ydi.

«Bryugge» so‘nggi bor 1-fevral kuni «Union Sent-Jilua»ga qarshi bahsda gol ura olmagan edi. O‘sha uchrashuvda jamoa 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Shundan buyon klub 28 ta g‘alabaga erishgan, 6 marta mag‘lubiyatga uchragan va 3 bor durang o‘ynagan. Bu davrda raqiblar darvozasiga jami 98 bor to‘p kiritilgan.

So‘nggi turdagi mag‘lubiyatga qaramay, «Bryugge» Chempionlar ligasi guruh bosqichining umumiy jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Club Brugge Club Brugge
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar