Live
4
O'zbek

Virts «Liverpul» va Germaniya milliy jamoasi safida ketma-ket 5 ta o‘yinda gol urdi

Futbol
26 noyabr, 01:25
    4
Futbolchi klub va milliy jamoa miqyosida o‘tkazgan so‘nggi 5 bahsda jami 8 ta golda ishtirok etgan.
Virts «Liverpul» va Germaniya milliy jamoasi safida ketma-ket 5 ta o‘yinda gol urdi
Foto: Liverpool FC
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Club Brugge Club Brugge 0 : 3 Liverpul Liverpul

«Liverpul» yarimhimoyachisi Florian Virts o‘zining sermahsul o‘yinlar seriyasini davom ettirmoqda.

23 yoshli germaniyalik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o‘rin olgan Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu bahsda mersisaydliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Virts «Liverpul» va Germaniya milliy jamoasi safida ketma-ket 5 ta uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yarimhimoyachi ushbu davr mobaynida jami 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Germaniyalik futbolchi klub va milliy jamoa miqyosida o‘tkazgan so‘nggi 5 ta uchrashuvida jami 8 ta golda bevosita ishtirok etgan.

Ushbu ko‘rsatkich Virtsning so‘nggi o‘yinlarda nafaqat gol urish, balki jamoadoshlarini qulay vaziyatga olib chiqish borasida ham samarali harakat qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Club Brugge Club Brugge
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar