«Manchester Yunayted» yaqin kelajakda o‘z rahbarini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda indykaila News nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mustaqil kompaniya «Manchester Yunayted»ni to‘liq sotib olish masalasida yuqori martabali amaldorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu kompaniya APLning boshqa bir vakili «Nyukasl»ga egalik qiluvchi Saudiya Arabistonining Suveren jamg‘armasi bilan hech qanday aloqaga ega emas. Hozircha muzokaralarning natijasi va ehtimoliy bitim qiymati haqida ma’lumot berilmagan.
Yodlatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APLning ushbu mavsumida muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Manchesterliklar ortda qolgan 11 uchrashuvda atigi 8 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq Gleyzerlar oilasi «qizil iblislar»ni sotishga tayyor ekani ma’lum qilingandi.