Live
4
O'zbek

Grey: «De Zerbi chiroyli futbol namoyish etmoqda»

Futbol
26 noyabr, 04:30
«Tottenhem» himoyachisi jamoaning mavsumdagi o‘yinlari va bosh murabbiy Roberto De Zerbi uslubi haqida fikr bildirdi.
Grey: «De Zerbi chiroyli futbol namoyish etmoqda»
Foto: Getty Images
29.11.2026, 09:05 Angliya Premer-ligasi Sanderlend Sanderlend - : - Tottenhem Tottenhem

Londonning «Tottenhem» klubi Archi Grey himoyachisi jamoaning mavsumdagi o‘yinlari va bosh murabbiy Roberto De Zerbi uslubi haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, biz faqat «Brentford»ga qarshi dastlabki bahsda yaxshi o‘ynay olmadik. Qolgan barcha o‘yinlarda juda yaxshi futbol namoyish etdik. Bizga yetishmagan yagona jihat — urilgan gollar bo‘ldi. De Zerbi ajoyib darajada chiroyli futbol namoyish etmoqda va futbolchilardan juda yuqori talablar qo‘ymoqda. Uning qo‘l ostida o‘ynash haqiqiy zavq», — deya Grey so‘zlarini Tottenham World nashri keltirdi.

Angliya Premyer-ligasi 11-turidan keyin «Tottenhem» 15 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda londonliklar 29-noyabr kuni safarda «Sanderlend» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar