Live
4
O'zbek

«PSJ» «Roma» muxlislarining xatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv boshladi

Futbol
26 noyabr, 05:00
Parij klubi italiyalik muxlislar tomonidan irqchilik haqoratlari haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
«PSJ» «Roma» muxlislarining xatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv boshladi
Foto: Getty Images
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 2 Roma Roma

RMC Sport xabariga ko‘ra, «PSJ»ning bir nechta mavsumiy abonement egalari Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Roma»ga qarshi bahsda (2:2) irqchilik haqoratlariga duch kelgani va natsistcha salomlashuvlarni ko‘rganini ma’lum qilgan.

«Park de Prens» stadionidagi tribunada o‘tirgan ayrim muxlislar mehmonlar sektori tomonidan irqchilik mazmunidagi hayqiriqlar eshitilganini aytgan. Ularning ba’zilari italiyalik muxlislar parijlik ishqibozlarni haqorat qilganini ta’kidlagan.

Boshqa guvohlar esa «Roma» muxlislarining natsistcha salomlashuvlarni namoyish etganini ko‘rganini bildirgan.

«PSJ» klubi kelib tushgan xabarlarga jiddiy munosabatda ekanini ma’lum qildi. Ayni paytda voqea tafsilotlarini aniqlash maqsadida tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, parijliklar vakillari bu haqda bahs delegatlariga ham ma’lumot taqdim etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar