Live
6
O'zbek

OCHL 2. «Nasaf» «Al Xolidia»ni minimal hisobda yengib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
25 noyabr, 10:36
    30
A guruhining ikkinchi o‘yinida «Kuvayt SK» va «Al Vahda» o‘zaro bellashadi.
OCHL 2. «Nasaf» «Al Xolidia»ni minimal hisobda yengib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Насаф ПФК
25.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 1 : 0 Al Khalidiyah Al Khalidiyah

Osiyo Chempionlar ligasi-2 turnirining 5-turida «Nasaf» o‘z maydonida Bahraynning «Al Xolidia» klubiga qarshi maydonga tushdi. Unda Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 51-daqiqada Abbos G‘ulomov hisobiga yozildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «ajdarlar» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Al Xolidia» 4 ochkosi bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Kuvayt SK» (6) va «Al Vahda» (9) o‘zaro to‘qnash keladi.

OCHL-2. A guruhi. 5-tur
Nasaf — Al Xolidia 1:0
Gol:
Abbos G‘ulomov 51.
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Zafarmurod Abdurahmatov, Umar Eshmurodov, Alibek Davronov, Dilshod Murtazoyev, Oybek Rustamov (G‘olib G‘aybullayev, 71), Murod Rahmatov, Sharof Muhiddinov (Sardor Bahromov, 65), Abbos G‘ulomov, Adenis Shala, Bobur Abd xoliqov (Yusuf Otubanjo 65).
Al Xolidia — Al G‘arabli, Humaydan, Odil, Ali (Dabo, 80), Assal, Drojdек, Moreyra, Hasan (Al Romayhi, 60), Mendi (Bouhra, 80), Sabbar, Shili.
Ogohlantirishlar: Shala 31, Eshmurodov 33.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Al Khalidiyah Al Khalidiyah
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30 izoh +27 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar