Live
5
O'zbek

Hakimi, Mane va yana 3 futbolchi — Afrikada yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar

Futbol
25 noyabr, 09:40
O‘tgan yili sovrinni «PSJ» himoyachisi qo‘lga kiritgandi.
Hakimi, Mane va yana 3 futbolchi — Afrikada yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar
Foto: Getty Images

Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) 2026 yil yakunlariga ko‘ra qit’aning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu mukofot uchun Ashraf Hakimi («PSJ», Marokash), Brahim Dias («Real», Marokash), Ismoil Saybari («Bavariya», Marokash), Pap Geye («Vilyarreal», Senegal) va Sadio Mane («An Nasr», Senegal) da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ushbu sovrin Ashraf Hakimiga nasib etgandi.

Afrikada yil futbolchisi boʼlishga nomzodlar
Foto: CAF

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
  • Marokash Marokash
Bugungi yangiliklar