Live
7
O'zbek

Joshua Usik bilan mashg'ulotlarni to'xtatish sababini aytdi

Boks
25 noyabr, 08:15
Britaniyalik sobiq chempion hamyurti Tayson Fyuriga qarshi jangga tayyorlanmoqda.
Joshua Usik bilan mashg'ulotlarni to'xtatish sababini aytdi
Foto: Getty Images

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi jang oldidan Aleksandr Usikning mashg'ulotlar bazasini tark etish sababini tushuntirdi.

«Bir kuni kechqurun bog'da yolg'iz o'tirib, bo'lajak jang va unda qanday harakat qilishim haqida o'yladim. Chunki ular 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda jang qilishimizni xohlashgandi. Vaqtim kamligini his qildim va ich-ichimdan namoyish etmoqchi bo'lgan jang uslubim uchun nimanidir o'zgartirishim kerakligini angladim.

Shuning uchun Ben Devidson va havaskor boks bo'yicha murabbiyim Shon Myorfi bilan maslahatlashdim. Bu juda qiziqarli bo'lishiga ishonaman, chunki hozir mashg'ulotlardagi g'oyalarim amaliyotga tatbiq etilmoqda»,
— dedi Joshua.

Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang 11 dekabr kuni Kardiff shahrida bo'lib o'tadi.

Bugungi yangiliklar