«Napoli» hujumchisi Rasmus Hoylund Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng «shaharliklar» muxlislari tomonga qarata Manchesterda faqat bitta jamoa borligini aytib baqirdi.
Avvalroq «Manchester Yunayted» safida to‘p tepgan daniyalik futbolchi ushbu bellashuvda gol muallifiga aylandi.
Undan haqiqatan ham shunday degan yoki demagani so‘ralganida, futbolchi quyidagicha javob berdi:
«Ha, shunday dedim. Bu shunchaki hazil edi. «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida azaldan raqobat mavjud. Men esa avval «Yunayted»da o‘ynaganman, shuning uchun bu mening klubim hisoblanadi. «Manchester Siti»ga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q, ammo ha, mening klubim — «Yunayted», — deya Hoylundning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Hoylund «Siti» muxlislariga: «Manchesterda faqat bitta klub bor»
Futbol
25 noyabr, 06:46
13
«Shaharliklar» darvozasiga gol urgan «Napoli» hujumchisi muxlislarga aytgan hayqirig‘ini izohladi.
Foto: Getty Images
24.11.2026
FT
Chempionlar ligasi
Manchester Siti
2
:
2
Napoli
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi