Live
7
O'zbek

Mbappe YCHLda 28 yoshga qadar 75 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi

Futbol
25 noyabr, 05:30
Fransiyalik hujumchi ushbu marraga Lionel Messidan keyin yetib keldi.
Mbappe YCHLda 28 yoshga qadar 75 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
24.11.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 5 : 1 PSV PSV

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida PSVga qarshi bahsda (5:1) dubl qayd etdi. Fransiyalik futbolchi 64 va 84-daqiqalarda gol urdi, shuningdek, Vinisius Juniorning goliga assistentlik qildi.

Shu tariqa, Mbappening Chempionlar ligasidagi gollari soni 76 taga yetdi. U musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinda bormoqda. Fransiyalik futbolchi faqat Karim Benzema (90), Robert Levandovski (109), Lionel Messi (129) va Krishtianu Ronaldudan (140) ortda.

Bundan tashqari, Mbappe Chempionlar ligasida 28 yoshga to‘lmasidan 75 ta gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bu natijaga faqat argentinalik Lionel Messi erishgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar