Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Real» PSVni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinio Jud Bellinghemning o‘z rivojlanishida portugaliyalik mutaxassisni asosiy sabab deb atagan fikriga munosabat bildirdi.
«Uning bunday iliq so‘zlari uchun minnatdorman, ammo men bu fikrga qo‘shilmayman. Bellinghem muvaffaqiyatining asosiy sababi — uning o‘zi. Jud «o‘nlik», «sakkizlik» pozitsiyalarida, shuningdek, boshqa markaziy yarimhimoyachi bilan juftlikda o‘ynay oladi. U haqiqatan ham ajoyib futbolchi», — deya Mourinoning so‘zlarini Ispaniyaning Marca nashri keltirdi.
Ma'lumot uchun, PSV ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Real» 15 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi turda Joze Mourinio jamoasi «Arsenal» bilan, PSV esa Madridning «Atletiko» klubi bilan bahs olib boradi.