Live
1
O'zbek

«Bavariya» Germaniya milliy jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin

Futbol
25 noyabr, 04:30
Myunxen klubi Harri Keynning jiddiy jarohatidan keyin transfer rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
«Bavariya» Germaniya milliy jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Ayntraxt» va Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Yunеs Ebnutalib «Bavariya»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda SPORT BILD xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, avvalroq «Bavariya» kuzatuv kengashi qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilmaslikka qaror qilgan. Biroq Harri Keynning jiddiy jarohati klubni rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan.

Ayni paytda «Bavariya» rahbariyati 23 yoshli Ebnutalibni jamoaga taklif qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Hozircha bu borada aniq qadamlar tashlanmagan. Klub hujumchining rivojlanishini kuzatmoqda. Uning transfer qiymati taxminan 35 million yevroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, Ebnutalibga Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Hujumchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Bavariya Bavariya
  • Ayntraxt Ayntraxt
Bugungi yangiliklar