«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Napoli»ga qarshi (2:2) bahsda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Futbolchi sardorlik bog‘ichi bilan yoki usiz ham o‘zini katta mas’uliyat ostida his qilishini ta’kidladi.
«Sardorlik bog‘ichi bilan yoki usiz ham o‘zimni juda katta mas’uliyat ostida his qilaman. Chunki men faqat ushbu klub yaxshi natijalarga erishishini va g‘alaba qozonishini istayman. Hozir esa buni uddalay olmayapmiz. Bu og‘riqli», — deya Holandning so‘zlarini beIN SPORTS nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» barcha musobaqalardagi so‘nggi beshta bahsida faqat bir marta g‘alaba qozongan.
29 noyabr kuni «shaharliklar» safarda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi maydonga tushadi. Angliya chempionati 12-turi doirasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.