Pep Gvardiola Italiya milliy jamoasini boshqarish taklifini olganini va uni rad etishga qiynalganini ma’lum qildi. «Manchester Siti» bosh murabbiyi kelajakda yana murabbiylikka qaytsa, milliy jamoada ishlashni istashini ham ta’kidladi.
«Bu haqda ilk bor gapiryapman, lekin ha, ular bilan haqiqatan ham muloqot qilganman. Italiya kabi mamlakatning taklifini rad etish menga noqulay bo‘ldi. Italiya milliy jamoasini boshqarish faoliyatimdagi eng katta sharaflardan biri bo‘lardi. Ammo to‘xtash vaqti kelganini angladim. Agar ular menga ikki yil oldin qo‘ng‘iroq qilishganida, katta ehtimol bilan rozi bo‘lardim», — deya Gvardiolaning so‘zlarini ESPN nashri keltirdi.
Ma'lumot uchun, hozirda Italiya milliy jamoasini Roberto Manchini boshqarmoqda.