Vinchenso Montella 2016/2017 yilgi mavsumda «Milan» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Mutaxassis ushbu davrni hanuz iliq xotiralar bilan eslaydi.
«Bu ajoyib tajriba, haqiqiy orzuning ro‘yobi edi. Endi professional murabbiy sifatida hamma narsaga biroz boshqacha qarayman. Ammo 13 yoshimda «Milan»ning o‘sha tarkibiga muxlislik qilardim, Maradonaga ham qoyil qolardim.
Shunga qaramay, mening kumirim Marko van Basten edi. U hujumchi pozitsiyasida o‘ynardi. Men uning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib, unga o‘xshashni orzu qilardim. Bundan tashqari, «Milan»ga muxlislik qilardim. Ushbu klub haqida hamma narsani bilardim. Shu sababli «Milan»ga o‘tish men uchun nihoyatda hayajonli voqea bo‘lgan», — deya Montellaning so‘zlarini pianetamilan.it nashri keltirdi.
Ma'lumot uchun, Montellaning so‘nggi ish joyi Turkiya milliy jamoasi bo‘lgan. Mutaxassis ushbu jamoa bilan yozda o‘tkazilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan.