Live
3
O'zbek

Bu mavsumda uy o‘yinlariga eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan klublar reytingi tuzildi (top-10)

Futbol
23 noyabr, 07:04
1-o‘rinda «Borussiya D» bormoqda.
Bu mavsumda uy o‘yinlariga eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan klublar reytingi tuzildi (top-10)
Foto: Getty Images

Germaniyaning Transfermarkt portali bu mavsumda o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘yinlarga muxlislarning tashrifi bo‘yicha klublar reytingini e’lon qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, reytingda Dortmundning «Borussiya» klubi birinchi o‘rinni egallagan. Jamoaning uy uchrashuvlarini o‘rtacha 81 365 nafar muxlis stadiondan bevosita kuzatmoqda.

Ikkinchi o‘rinni Milanning «Inter» klubi egalladi — 75 214 muxlis. Kuchli uchlikni esa har bir o‘yinga o‘rtacha 75 000 tomoshabin tashrif buyuradigan Myunxenning «Bavariya» klubi yakunlab berdi.

2026/2027-yilgi mavsumda uy o‘yinlariga o‘rtacha tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoning TOP-10 klubi:
1. «Borussiya» Dortmund (Germaniya) — 81 365 nafar.
2. «Inter» (Italiya) — 75 214 nafar.
3. «Bavariya» (Germaniya) — 75 000 nafar.
4. «Milan» (Italiya) — 74 545 nafar.
5. «Real» (Ispaniya) — 73 614 nafar.
6. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 72 395 nafar.
7. «Atletiko» (Ispaniya) — 66 268 nafar.
8. «Roma» (Italiya) — 65 728 nafar.
9. «Flamengo» (Braziliya) — 64 711 nafar.
10. «Betis» (Ispaniya) — 63 309 nafar.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Bavariya Bavariya
  • Milan Milan
  • Inter Inter
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar