Live
1
O'zbek

«Barselona», «Atletiko» va «Yuventus» ispaniyalik yarimhimoyachi uchun kurash olib boradi

Futbol
23 noyabr, 03:05
Futbolchining transfer qiymati 35 mln yevroga baholanmoqda.
«Barselona», «Atletiko» va «Yuventus» ispaniyalik yarimhimoyachi uchun kurash olib boradi
Foto: Diario AS

Portugaliyaning «Portu» klubi sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik yarimhimoyachi Gabri Veiga Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini Kataloniyaning «Barselona», Madridning «Atletiko» va Turinning «Yuventus» klublari kuzatib bormoqda. Shu tariqa, Veigada faoliyatini Ispaniya yoki Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchining «Portu» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Yarimhimoyachining transfer qiymati esa 35 million yevroga baholanmoqda.

Veiga ushbu mavsumda Portugaliya chempionati doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq «Barselona» Lisandro transferini rad etgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Yuventus Yuventus
  • FC Porto FC Porto
Bugungi yangiliklar