Italiya chempionatining 12-turida «Inter» Bergamoda «Atalanta» bilan bahslashdi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. Mehmonlar safida Esposito het-trikka erishdi. Bergamoliklardan De Ketelare dubl qayd etdi.
Bu natijadan so‘ng «Atalanta» ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 12-o‘rinda bormoqda. Kivu jamoasi esa 29 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 12-tur
Atalanta — Inter 4:4
Gollar: Elmas 35, De Ketelare 72, 80, Kessie 90+1 penalti – Esposito 16, 32, 52, Sucic 75 penalti.
Atalanta — Carnesecchi, Bellanova (Bernasconi, 88), Scalvini, Kolasinac, Zappacosta, Zalewski, Elmas (Rowe, 69), Kessie, Ederson (Pasalic, 69), De Ketelare, Krstovic (Scamacca, 88).
Inter — Josep Martinez, Pavard, Bastoni, Carlos Augusto, Mkhitaryan (Stankovic, 78), Spence, Barella (Jones, 64), Chalhono‘g‘li (Sucic, 33), Dimarco (Akanji, 64), Esposito (Lautaro Martinez, 78), Thuram.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi