Live
8
O'zbek

Gattuzo «Latsio»ning qaysi jihatidan faxrlanishini aytdi

Futbol
22 noyabr, 12:38
Rim klubi A Seriya turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Gattuzo «Latsio»ning qaysi jihatidan faxrlanishini aytdi
Фото: Getty Images
21.11.2026 FT Italiya A seriyasi Lasio Lasio 3 : 0 Lechche Lechche

«Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya chempionatining 12-turida «Lechche» (3:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin jamoasining qaysi fazilatlarini yuqori baholashini aytdi.

«Futbolchilarimizning mentaliteti va maqsad sari intilishidan faxrlanaman. Bu o‘yinni unchalik yaxshi boshlay olmadik, ammo keyin jamoa to‘p bilan ham, to‘psiz ham a’lo darajada harakat qildi. Futbolchilarimizni to‘xtatish qiyin, ular doimo raqibga bosim o‘tkazishga intilishadi. Biz uchun bunday munosabat juda muhim. Men o‘z fikrimni o‘tkazib yuborilgan gollar asosida shakllantirmayman. Gap shundaki, biz juda yuqori sur’atda o‘ynayapmiz. Futbolchilarning maydondagi kayfiyati va intilishi qiziqtiradi. Bu jamoaning qanday harakat qilayotgani meni hayratda qoldirmoqda. Natijadan mamnunman.

Albatta, doimo bundan ham yaxshiroq natijaga erishishni istaysan. Ammo bunday yuqori sur’atda texnik xatolarga yo‘l qo‘yilishi tabiiy. Biz raqib markazidan yetarlicha foydalana olmadik va kengroq o‘ynashga majbur bo‘ldik. O‘yinni tushunish borasida yanada o‘sishimiz mumkin, — deya Gattuzoning so‘zlaridan keltiradi Tuttomercatoweb nashri.

Ma’lumot uchun, «Latsio» A Seriya turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
  • Lechche Lechche
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar