O‘zbekiston Superligasining 28-turida «Dinamo» o‘z maydonida «Bunyodkor»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdagi yagona gol 59-daqiqada Sardor Abdunabiyev tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. «Dinamo»ning o‘yin davomida urgan uchta goli esa ofsayd sabab VAR orqali inobatga olinmadi.
Ushbu natijadan so‘ng «Dinamo» 37 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda qoldi. «Bunyodkor» esa 29 ochko jamg‘arib, 13-pog‘onaga ko‘tarildi.
Superliga. 28-tur
Dinamo — Bunyodkor 0:1
Gol: Abdunabiyev 59.
Ogohlantirishlar: To‘lqinbekov 60, Abdunabiyev 70, Abdusalomov 76, To'raqulov 90+8, Boshkovich 90+9.
Dinamo: Nemanov, Seytveliyev, Shtefan, Radayev, Jumaboyev, Xudoyberdiyev (Haydarov, 78), Dumbuya, Xaydarovich, Hojimirzayev, Amonov (To‘xtasinov, 78), Abdurahmonov.
Bunyodkor: Abdujalilov, Anvarov, Bukrin, Olimjonov, Ahmadjonov (Ikromov, 58), Nematjonov (Abdunabiyev, 58), Abdusalomov, Tursunmahammadov, To‘raqulov, To‘lqinbekov (Annamatov, 87), Krivokapich.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi