Live
11
O'zbek

Gasperini: «O‘yin teng kurashlar ostida kechdi, hisob buni aks ettirmaydi»

Futbol
22 noyabr, 11:00
«Roma» bosh murabbiyi «Parma» ustidan 5:1 hisobidagi g‘alabaga qaramay, bahs oson kechmaganini ta’kidladi.
Gasperini: «O‘yin teng kurashlar ostida kechdi, hisob buni aks ettirmaydi»
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Italiya A seriyasi Parma Parma 1 : 5 Roma Roma

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Italiya A Seriyasining 12-turi doirasida «Parma»ga qarshi kechgan va 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi.

«Juda mamnunman. Futbolchilar milliy jamoalar ixtiyoriga ketib, klubga so‘nggi daqiqalarda qaytganida doim noaniqlik yuzaga keladi. Biz avvalgi holatimizdan davom etishimiz kerak edi. O‘yin natijasi bahs qanchalik qiyin kechganini aks ettirmaydi. «Parma» g‘alabaga juda intilgan va yaxshi sport formasida edi. Ular o‘yinni yaxshi boshladi, keyin esa bahsning borishi o‘zgardi. O‘yin ancha teng kurashlar ostida kechdi, hisob esa buni ko‘rsatmayapti.

Futbolda juda ko‘p jihatlar bor: ayrimlari jamoaviy, boshqalari individual. Ustida ishlashni hech qachon to‘xtatmaysan. Ustunligimizni mustahkamlashga urinayotganimizda kulgili gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz bunga yaxshi munosabat bildirdi, bu esa quvonarli. Biz gol ura olishimizga ishonamiz. Qiyinchiliklarga duch kelganimizda ham ularni yengib o‘tish va oldinga intilish uchun doimo irodamiz yetarli», — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi DAZN’ga tayanib Tuttomercatoweb.

Ma’lumot uchun, «Parma» — «Roma» bahsi 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Rimliklar safida Donyell Malen 4 ta gol urdi, yana bir golga Mario Ermoso mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona golini esa Elfej kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Parma Parma
  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar