Bugun
63
O'zbek

«Roma» A Seriyada 76 yildan buyon kuzatilmagan natijani qayd etdi

Futbol
22 noyabr, 01:55
Rimliklar A Seriyaning dastlabki 12 turida raqiblar darvozasiga 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Roma» A Seriyada 76 yildan buyon kuzatilmagan natijani qayd etdi
Foto: Getty Images

Italiyaning «Roma» klubi mamlakat chempionatida so‘nggi 76 yilda hech bir jamoa erisha olmagan natijani qayd etdi.

Jan Piero Gasperini boshqarayotgan rimliklar A Seriyaning dastlabki 12 turida raqiblar darvozasiga 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, jamoa o‘z darvozasidan 11 ta gol o‘tkazib yubordi.

«Roma» 1950/1951-yilgi mavsumdan buyon Italiya chempionatining dastlabki 12 uchrashuvida kamida 35 ta gol urgan ilk klubga aylandi.

Bunga qadar bunday yuqori samaradorlik so‘nggi marta 1950/1951-yilgi mavsumda kuzatilgan edi. O‘shanda Italiyaning uch yetakchi klubi — «Inter», «Milan» va «Yuventus» — chempionatning dastlabki 12 turida kamida 35 tadan gol urgan.

Xususan, Milanning har ikki jamoasi raqiblar darvozasini 38 martadan ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Turinning «Yuventus» klubi futbolchilari jami 37 ta gol urgan.

Shu tariqa, Gasperini shogirdlari Italiya chempionatida uzoq yillardan buyon takrorlanmagan samaradorlik ko‘rsatkichiga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar