«Flamengo» Braziliya chempionati yakunlanishiga 2 tur qolganida mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Rio-de-Janeyro jamoasi chempionatning 36-turida o‘zining asosiy raqiblaridan biri «Palmeiras» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu natija «Flamengo»ga muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirish uchun yetarli bo‘ldi.
Shu tariqa, klub o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritgan chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi va o‘z tarixida 10-marta Braziliyaning eng kuchli jamoasiga aylandi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Flamengo» mamlakat futbol tarixida 2-o‘rinda bormoqda. Rekord esa 12 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan «Palmeiras»ga tegishli.
Ayni paytda «Flamengo» tarkibida Yevropa futbolida tajriba orttirgan bir qator taniqli futbolchilar harakat qilmoqda.
Jumladan, jamoa safida avval «Chelsi» hamda «Arsenal»da o‘ynagan yarim himoyachi Jorjinio, shuningdek, «Atletiko»dagi faoliyati bilan tanilgan Saul va Braziliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Lukas Paketa ham klub sharafini himoya qilmoqda.