Live
3
O'zbek

La Liga. «Real» «Selta»ga qarshi bahsda kambek amalga oshirib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
21 noyabr, 17:00
    64
Zaxiradan tushgan Vinisius o‘yinni o‘zgartirib yubordi, Espi esa yana «sehrli tayoqcha» vazifasini bajardi.
La Liga. «Real» «Selta»ga qarshi bahsda kambek amalga oshirib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Selta Vigo Selta Vigo

Ispaniya chempionatining 13-turida «Real» o‘z uyida «Selta»dan tezkor to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, irodali g‘alabaga erishdi.

Zaxiradan tushgan Vinisius o‘yinni o‘zgartirib yubordi va ikkala golda ham qatnashdi, Espi esa yana «sehrli tayoqcha» vazifasini bajardi.

Mourinio jamoasi barcha turnirlar doirasida g‘alabali seriyasini 9 ta o‘yinga yetkazdi va ligada 33 ochko to‘plagan «Barselona»ga tenglashib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamga aylandi. Ammo Kataloniya klubi turdagi o‘yinini endi o‘tkazadi — «Vilyarreal»ga qarshi. «Selta» 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

La Liga. 13-tur
Real — Selta 2:1

21 noyabr, «Bernabeu»
Gollar: Bellinghem (66), Espi (85) — Duran (6).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Mbappe (38).
Real — Kurtua, Trent (Vinisius, 57), Konate, Heysen, Karreras (Kukurelya, 57), Kamavinga (Espi, 79), Silva (Valverde, 57), Guler, Bellinghem, Diomande (Endrik, 71), Mbappe.
Selta — Radu, Rodriges, Lago, Alonso, Karreyra, Bursio (Driuh, 67), Moriba, Galan (Rueda, 76), Alvarez (Yutgla, 46), Svedberg (Febas, 67), Duran (Aspas, 76).
Ogohlantirishlar: Lago (74), Rodriges (82), Espi (90+4).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

64 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar