Live
7
O'zbek

«Barselona» yozda nega top-himoyachi sotib olmagani ochiqlandi

Futbol
21 noyabr, 05:15
Flik bir nechta nomzodlarni ma’qullamagan, «Manchester Siti» futbolchisi esa Angliyada qolishni tanlagan.
«Barselona» yozda nega top-himoyachi sotib olmagani ochiqlandi
Foto: Getty Images
22.11.2026, 08:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Villarreal Villarreal

«Barselona» yozgi transfer oynasida chap oyoqda o‘ynaydigan, markaziy himoyachi pozitsiyasidan tashqari qanotda ham harakat qila oladigan futbolchini izlagan. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar uchun eng maqbul nomzod «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol bo‘lgan. Biroq xorvatiyalik futbolchi Manchesterda qolishni afzal ko‘rib, klubi bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan.

Manbaga ko‘ra, yana bir nomzod «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni bo‘lgan. Biroq «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik uning imkoniyatlariga to‘liq ishonch bildirmagan.

Shuningdek, kataloniyaliklar Niko Shlotterbek, Ibraima Konate, Markos Senesi va Mikki van de Ven variantlarini ham ko‘rib chiqqan. Ammo ularning hech biri jamoa izlayotgan futbolchi profiliga to‘liq mos kelmagan.

Iyul oyida, Jahon chempionati davom etayotgan paytda, «Barselona»ga Emerik Laporteni sotib olish taklif qilingan. Biroq klub qisqa muddatli musobaqadagi o‘yinlarni futbolchining imkoniyatlarini baholash uchun asos sifatida qabul qilishni istamagan.

Bundan tashqari, «Barselona» Rud Neyshtadni ham tarkibga qo‘shmoqchi bo‘lgan. Ammo uning klubi «Tvente» himoyachi uchun juda yuqori narx belgilagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar