«Barselona» himoyachisi Xavi Espart kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirganidan keyin o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
«Doimo «Barselona»da o'ynashni orzu qilganman. Bu klubning muxlisiman, stadionga boraman va bolaligimdan bu yerda to'p surib kelaman. Bugungi kun mening maqsadlarimdan biri edi. Ammo rostini aytsam, bu voqea sodir bo'lganiga hali ham to'liq ishona olmayapman.
Uyimda debyut uchrashuvimdan keyin olingan futbolkam ramka ichida osig'liq turibdi. Endi uning yoniga shartnomam uzaytirilgani munosabati bilan taqdim etilgan futbolkani ham joylashtiraman.
Asosiy jamoaga kirish juda qiyin, ammo unda o'z o'rningni saqlab qolish ham oson emas. Mening orzuim va maqsadim — butun futbolchilik faoliyatimni hayotimdagi eng muhim klub bo'lgan «Barselona»da o'tkazish», — dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Xavi Espart bilan 2030 yilga qadar yangi shartnoma imzoladi.