Germaniya chempionatining 10-turida «Bavariya» o‘z maydonida «Kyoln»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab Mur 12-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffus oldidan Braun muvozanatni tikladi.
Myunxen klubi safida Harri Keyn va Maykl Olise jarohat olib, maydonni erta tark etishiga to‘g‘ri keldi.
Bu natijadan so‘ng Kompani jamoasi ochkolari sonini 22 taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Kyoln» esa 10 ochko bilan 14-pog‘onada.
Bundesliga. 10-tur
Bavariya — Kyoln 1:1
Gollar: Braun 37 – Mur 12
Bavariya — Urbik, Laymer (Musiала, 70), Upamekano (Min Jae, 70), Ta, Stanisich, Kimmix, Braun, Lennart, Olise (Binder, 46), Keyn (Bishof, 20).
Kyoln — Shvebe, Shmid, Simpson, Lochoshvili, Sosa, Mur, Sebulonsen, Okon, Krauss, Mayna (Tilmann, 77), El Mala (Heski, 85).
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi