Live
3
O'zbek

Keyn: «Benzema va men gol urish uchun doim ham jarima maydonida bo‘lish shart emasligini isbotladik»

Futbol
20 noyabr, 00:44
    16
«Oltin to‘p» sohibi fransiyalik forvard bilan o‘yin uslubi o‘xshashligini, unga muxlis bo‘lganini ta’kidladi.
Keyn: «Benzema va men gol urish uchun doim ham jarima maydonida bo‘lish shart emasligini isbotladik»
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn o‘zining o‘yin uslubida Karim Benzemaning harakatlariga o‘xshash jihatlarni ko‘radi.

— Karim Benzema 2022-yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Harri Keyn 2026-yilda ushbu sovringa sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, o‘yin qurilishida ham faol ishtirok etadigan markaziy hujumchilarning yutuqlari e’tirof etildi. Futbol uslubingiz nuqtayi nazaridan o‘zingiz va Karim Benzema o‘rtasida qandaydir o‘xshashlikni ko‘rasizmi?

— Karim — aql bovar qilmas futbolchi. Men har doim uning katta muxlisi bo‘lganman. Uning 2022-yilda «Real» safida erishgan yutuqlari haqiqatan ham hayratlanarli. U maydon markazigacha tushib, xuddi «o‘nlik» pozitsiyasida harakat qilishi, o‘yin sur’atini boshqarishi va ayni kerakli vaqtda jarima maydonida paydo bo‘lishi mumkin.

Jismoniy ko‘rsatkichlarimiz bir oz farq qiladi, ammo o‘yin intellekti, bo‘sh hududlarni topish va jamoadoshlarimizga yordam berish istagi borasida uslubimizda ko‘plab o‘xshashliklarni ko‘raman.

Ikkimiz ham gol urish uchun doimo jarima maydonida bo‘lish shart emasligini isbotlaganmiz. Men orqaga, maydon markaziga yaqinroq tushganimda ko‘proq golli vaziyatlarga ega bo‘laman. Chunki bu hududda raqiblar meni unchalik qattiq nazorat qilmaydi. Ortga chekinib, o‘yin rivojlanishiga imkon berganimda gollar o‘z-o‘zidan kela boshlaydi.
,
«O‘nlik» pozitsiyasiga chiqaman va raqib himoyasi orqaga chekinganida jarima maydoni chizig‘i yaqinidan zarba beraman. Bu — mening eng kuchli jihatlarimdan biri.

O‘tgan mavsum buning eng yaxshi namunasi bo‘ldi: men 73 ta gol urdim. Bu boshqa har qanday mavsumdagi natijamdan deyarli ikki baravar ko‘p,
— deydi Keyn Foot Mercato bilan intervyuda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar