Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turida «Al Ahli» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qildi. Jidda klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Bu uning faoliyatidagi 986-gol bo‘ldi. Ammo keyinchalik mezbonlar safida Galeno, Touni va Ibanes gol urdi.
Shu tariqa, «Al Ahli» ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «An Nasr» 28 ochko bilan 3-pog‘onada.
Saudiya Proligasi. 13-tur
Al Ahli — An Nasr 3:1
Gollar: Galeno 45+1, Touni 71 penalti, Ibanes 75 – Ronaldu 14
Al Ahli – Mendi, Batt iya, Demiral, Ibanes, Trinkau, Al Johani, Atangana, Balobaid, Spertsyan (Al Buraykan, 81), Galeno, Touni.
An Nasr – Bento, Avad, Inigo Martinez, Simakan, Anjelo (G‘arib, 87), Al Haybari (Koman, 72), Bushal, Al Hamdan, Samu Kosta, Feliks, Ronaldu.
Foydalanilmagan penalti: Ronaldu 18.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi