Live
3
O'zbek

Superliga. «Paxtakor» derbida «Lokomotiv»ga yutqazib qo‘ydi

Futbol
20 noyabr, 09:01
    54
Tojiyev jamoasi chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini deyarli yo‘qotdi.
Superliga. «Paxtakor» derbida «Lokomotiv»ga yutqazib qo‘ydi
Фото: Локомотив ПФК

Superliganing 28-turida «Lokomotiv» Toshkentda «Paxtakor»ni qabul qildi. Bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, 4-daqiqada Flamarion hisobni ochdi. 81-daqiqada Jasurbek Yaxshiboyev muvozanatni tikladi. 90+2-daqiqada Temurxo‘ja Abdulxoliqov mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, «Paxtakor» derbida mag‘lub bo‘ldi va chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini deyarli yo‘qotdi. Kamoliddin Tojiyev jamoasi 59 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. «Loko» esa 46 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga. 28-tur
Lokomotiv – Paxtakor 2:1
Gollar:
Jasurbek Yaxshiboyev 81, Temurxo‘ja Abdulxoliqov 90+2 – Flamarion 4.
Lokomotiv: 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliyev (9.Suhrob Nurulloyev, 76), 11.Temurxo‘ja Abdulxoliqov, 14.Nikolay Ivanov (45.Yovan Nishich, 73), 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzayev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Sunatilla Poyonov (28.Shuhrat Muhammadiyev, 76), 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 73), 33.Oleg Zoteev, 99.Jasurbek Yaxshiboyev.

Paxtakor: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 8.Dilshod Sayitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (17.Dostonbek Hamdamov, 40), 22.Muhammad-Bobur Karimov, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90.Stefan Chinedu (77.Oybek Bozorov, 73).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

54 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar