Live
3
O'zbek

«Milan» Endrikni «Real»dan to‘liq sotib olmoqchi

Futbol
20 noyabr, 15:23
Ehtimoliy transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etishi mumkin.
«Milan» Endrikni «Real»dan to‘liq sotib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Milan» klubi «Real» hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda.

Madrid Universal nashri xabar berishicha, «rossoneri» vakillari braziliyalik 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Gap ijara haqida emas, balki yanvar oyida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan to‘liq transfer haqida ketmoqda.

«Qirollik klubi» hujumchi uchun 70 million yevro talab qilmoqda. Shuningdek, «Real» bitimga futbolchini kelajakda 80 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini kiritishni talab qilmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari Endrikning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Bu mavsumda u Joze Mourinio jamoasi safida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar