Live
3
O'zbek

«Milan», «Yuventus» va «Napoli» Kovačićga qiziqmoqda

Futbol
20 noyabr, 08:37
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026/2027-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
«Milan», «Yuventus» va «Napoli» Kovačićga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovačić amaldagi shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan jamoani tark etishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026/2027-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik 32 yoshli futbolchi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Ayni paytda A Seriyaning uchta vakili — «Milan», «Yuventus» va «Napoli» Kovačić bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Mateo 2023-yilning yozidan buyon «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Bu mavsumda Kovačić Angliya Premyer-ligasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Milan Milan
  • Napoli Napoli
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar