Live
3
O'zbek

«Milan» Van Deykni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
20 noyabr, 15:05
Virjil 2018-yilning yanvar oyidan buyon «qizillar» sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Milan» Van Deykni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Milan» klubi «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykka jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda SportItalia nashri xabar bermoqda.

Niderlandiyalik futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakunlanadi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi yangi shartnoma borasida «Liverpul» rahbariyati bilan kelishmovchilikka duch kelgan. Van Deyk shartnomasini yana ikki yilga uzaytirishni istamayapti, biroq ingliz klubi unga faqat bir yillik yangi bitim taklif qilishga tayyor.

«Milan» esa yuzaga kelgan kelishmovchilikdan foydalanib, tajribali himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Virjil 2018-yilning yanvar oyidan buyon «qizillar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda himoyachi barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar