Live
3
O'zbek

Superliga. «Navbahor» vodiy derbisida 10 kishi bo‘lib qolgan «Neftchi»ni mag‘lub etdi

Futbol
20 noyabr, 10:27
    153
Chempionlik masalasi keyingi turga qoldi.
Superliga. «Navbahor» vodiy derbisida 10 kishi bo‘lib qolgan «Neftchi»ni mag‘lub etdi
Фото: Нефтчи ПФК
20.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan 3 : 2 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Superliganing 28-tur markaziy bahsida «Neftchi» Namanganda «Navbahor»ga qarshi maydonga tushdi. Dastlab mehmonlar Alisher Odilovning golidan so‘ng hisobni ochdi. Ammo ko‘p o‘tmay Vladimir Yovovich maydondan chetlatildi. Natijada Jasur Jaloliddinov supergol bilan muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar faol o‘yin namoyish etib, Kojo va Xolmatovning gollari evaziga farqni ikkita golga oshirdi. Ammo 77-daqiqada Koffi farg‘onaliklarning ikkinchi golini urdi.

Superliga. 28-tur
Navbahor – Neftchi 3:2
Gollar
: Alisher Odilov, 26 (0:1), Jasurbek Jaloliddinov, 42 (1:1), Joel Kojo, 53 (2:1), Diyor Xolmatov, 55 (3:1), Koffi Kouao, 77 (3:2)
Navbahor — 1.O‘tkir Yusupov, 4.Islom Mamatqazin, 6.Shohrux Abdurahmonov, 7.Ruslan Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi, 17.Muhammadali G‘iyosov, 22.Umar Adhamzoda, 30.Jasur Jaloliddinov, 34.Giorgi Jgerenaya, 55.Muhammadqodir Hamroliyev.
Neftchi
— 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Tsiger, 5.Ikromjon Aliboyev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G‘ofurov, 22.Alisher Odilov, 32.Zoran Marushich, 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

153 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar